Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkent shahridagi ilk inshootlar qurilishini boshlab berdi. Bu yerda, xususan, “Yangi O‘zbekiston” universiteti, Milliy kutubxona, Milliy teatr, Adabiyot muzeyi quriladi. Davlat rahbari o‘z nutqida: “Bular ma’rifatli jamiyat barpo etish g‘oyamizning asosi va namunasi bo‘ladi”, — dedi.
Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi Olimpiya shaharchasi, Yangi O‘zbekiston universiteti va tibbiyot klasteri loyihalari bilan tanishdi. Hokim Jahongir Ortiqxo‘jayev universitet haqida gapirar ekan, u «nafaqat O‘zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda ham namunali ta’lim muassasasiga» aylanishini ta’kidladi.
Prezident Toshkent shahrining Yashnobod tumanidagi «Texnopark» hududida quriladigan yangi akvapark, Astronomiya parkida barpo etiladigan gullar bog‘i, davlat muzeylarini rekonstruksiya qilishga qaratilgan loyiha hamda «Yangi O‘zbekiston» universiteti qurilishiga oid taqdimot bilan tanishdi (foto).
Shavkat Mirziyoyev dushanba kuni DXX akademiyasi va Temurbeklar maktabi, Geologiya fanlari universiteti, «Yangi O‘zbekiston» universiteti, Toshkent Arxitektura-qurilish instituti uchun yangi bino qurilishi hamda Markaziy harbiy klinik gospitalida amalga oshirilayotgan rekonstruksiya ishlari bilan tanishdi.
Yangi O‘zbekiston universitetida mahalliy talabalar uchun bir yillik kontrakt narxi 49 mln 700 ming so‘m ekanligini ma’lum qilindi. Xorijiy talabalar uchun esa 10 ming dollar etib belgilandi.
Prezident Yangi O‘zbekiston universitetini tashkil etishga oid qarorni imzoladi. Sentyabrda ish boshlaydigan OTMda 5 ta — muhandislik, tabiiy fanlar, boshqaruv, agrotexnologiyalar va axborot texnologiyalari fakultetlari bo‘ladi. Qabul imtihonlarini Kembrij universiteti o‘tkazadi. O‘quv reja va dasturlari Massachusets texnologiya instituti hamda Myunxen texnika universiteti bilan birgalikda ishlab chiqiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting